Su-24M samolyoti «qora quti»larining rasşifrovkasi natijalari 21 dekabr kuni ommaga ma'lum qilinadi. Bu haqda RIA Novosti xabar bergan.

18 dekabr 10:00da (Toşkent vaqti bilan 12:00) Davlatlararo aviatsiya qömitasi 2015 yilning 24 noyabr kuni Turkiya Harbiy-havo kuçlari tomonidan Suriya osmonida urib tuşirilgan Su-24 samolyotining obektiv nazorat qiliş böyiça bort vositalari ma'lumotlarini deşifrovka qiliş jarayonini boşlanişi bilan brifing ötkazildi.

Rasşifrovka natijalari 21 dekabr kuni e'lon qilinişi aytilgan.

"Ertaga, 19 dekabr kuni parvoz böyiça ma'lumotlarni tahlil qiliş işlari yakunlanadi. Barça natijalar olingaç, 21 dekabr, duşanba kuni katta auditoriya qarşisida rasşifrovka jarayoni xulosalari taqdim qilinadi", deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi vakili bergan xabarda.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, öşa kuni Su-24 samolyoti havoga kötarilganidan keyin Turkiya tomonidan urib tuşirilguniça 40 daqiqa davomida uçişni amalga oşirgan.

Bundan oldinroq, Rossiya Su-24 Turkiya havo çegarasini buzmaganligini isbotlovçi dalillarga egaligi haqida xabar berilgandi.

Eslatib ötamiz, 24 noyabr kuni turk qiruvçi raketasi tomonidan Rossiyaning Su-24 bombardimonçi samolyoti urib tuşirildi. Şundan söng, ikki davlat örtasidagi munosabatlar sovuqlaşdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin uşbu mojaroni terrorçilar şeriklari tomonidan “orqadan berilgan zarba” deya baholadi va Turkiyaga qarşi bir qator iqtisodiy çoralar qöllaş haqida farmon e'lon qildi.