Ozod va adolatli arab dunyosini quriş orzulari çipakka çiqdi, qörqinçli tuşga aylandi, negaki yaxşi taşkil etilmagan zamonaviy liberalizm diniy radikallikdan ustun kela olmadi, deb yozadi The Wall Street Journal gazetasi.
Roppa-rosa 5 yil muqaddam, 2010 yilning 18 dekabr kuni “arab bahori” voqealari boşlandi. Öşanda Tunisda boşlangan noroziliklar qöşni davlatlarga ham köçdi. Ayni paytda esa bu davlatlarning har biri “öziça baxtsiz”.
Norozilik namoyişlari avjiga çiqqan pallada dissidentlar “Arab bahori orzulari” degan esse çop etişdi, unda özlari körayotgan risoladagidek arab dunyosini tasvirlab berişdi. Esseda körsatilişiça, bunday dunyoda erkaklar va ayollarning huquqlari teng böladi, xudosizlar ta'qibga uçramaydi, hamjinsbozlar esa öz jinsiy ehtiyojlari haqida erkin gapira oladi.
Ammo faollarning bu orzulari amalga oşmadi. Maqola muallifining fikriça, Ğarb diniy radikallarning kuçi va ta'sirini töğri baholay olmagan va mahalliy diktatorlarning ağdarilişi ekstremistik kayfiyatlarning yöq bölişiga olib keladi, deb öylaşgan.
Jumladan, Oq uy inqiloblar muvaffaqiyat bilan yakunlanişiga yetarliça yordam bermadi. Buning oqibatida arablar AQŞga bölgan işonçini yöqotişi mumkin.
Arab liberalizmi adeptlari yana faollaşişdan qörqmoqda, negaki bu endi şariat qoidalarining keng joriy etilişi, ayollarga nisbatan qatağonlar, etnik va diniy ziddiyatlarga olib kelişidan çöçimoqda, deb xulosa qiladi tahlilçi.






