AQŞ boşçiligidagi aksilterror koalitsiyasi harbiy havo kuçlarining zarbalari Iroq askarlarining halokatiga sababçi bölgan bölişi mumkin.

Bu haqda AQŞ qurolli kuçlari markaziy qömondonligi tomonidan tarqatilgan bayonotda aytildi. Bu iş böyiça Iroq tomonining iştirokida taftiş ötkazilişi xabar qilindi.

Ilgariroq Iroq mudofaa vazirligi koalitsiya kuçlarining xatosi tufayli Falluja şahrida hukumat qöşinlariga zarba berilgani, buning oqibatida 10 harbiy xizmatçi halok bölganini xabar qilgan edi.