Myunxenning "Bavariya" jamoasi tört nafar futbolçisi bilan şartnomani uzaytirdi.

Himoyaçi Jyerom Boateng, yarim himoyaçi Xavi Martines va hujumçi Tomas Myuller 2021 yilgaça, 34 yoşli ispaniyalik xavbek Xabi Alonso bilan esa 2017 yilgaça amal qiladigan yangi şartnomalar tuzilgan.

Qayd etiş kerakki, Myuller bilan avvalgi şartnoma 2019 yilgaça tuzilgan, unga Yevropaning bir qator jamoalaridan takliflar mavjud edi.

Ma'lumot uçun, "Bavariya" joriy mavsumda 16 turdan söng 43 oçko bilan turnir jadvalini boşqarib bormoqda. Ikkinçi örindagi jamoa "Borussiya D" 5 oçkoga ortda qoldirilmoqda. Şuningdek, myunxenliklar YeÇLda ham muvaffaqiyatli iştirok etişmoqda. Jamoa fevral oyida nimçorak final öyinini "Yuventus"ga qarşi ötkazadi.