«Çelsi» klubi futbolçilari 17 dekabr kungi maşğulot vaqtida muştlaşib ketişgan.
The Times xabariga köra, ispaniyalik yarim himoyaçi Sesk Fabregas jamoadoşlaridan birining oyoğiga qattiq "podkat" taşlagan va futbolçilar örtasida muştlaşuv boşlangan.
Aynan qaysi futbolçilar bir-biri bilan muştlaşgani haqida aniq ma'lumot yöq.
Voqea joyiga murabbiylar ştabi a'zolari yetib kelgaç, janjal töxtagan.
Aytiş kerakki, bu «Çelsi»ning Joze Mourino boşçiligidagi sönggi maşğuloti paytida röy bergan.
Jamoa murabbiyni keça uzoq vaqt kutilganidek iste'foga çiqargandi.
Uning örniga mavsumning qolgan qismida Gus Xiddink «Çelsi» boş murabbiyi sifatida işlaydi.
Ayni vaqtda londonliklar jamoasi 16-tur öyinlaridan keyin 15 oçko töplagan holda turnir jadvalining 16-örinida joylaşgan. Jamoa 17-turni "Sanderlend"ga qarşi ötkazadi.






