Fond birjalaridagi tebranişlar, iqtisodiy ösişning susayişi, xomaşyo tovarlari narxining pastligi Şarqiy Osiyo davlatlariga ta'sir körsatadigan jiddiy muammo bölmadi. Ammo 2040 yilga kelib bu davlatlar mehnatga layoqatli aholisining 15 foizini yöqotadi, deb yozadi “Vesti Ekonomiki” naşri.

Jahon bankining hisobotida aytilişiça, qariş va tuğiliş darajasining tuşib ketişi oqibatida bugungi kunda dunyo aholisining 36 foizi Şarqiy Osiyoda yaşamoqda.
Şarqiy Osiyo davlatlaridagi iqtisodiy ösiş oxirgi ön yilliklarda keskin sakraşlar bilan kuzatilmoqda. Daromadning yuqoriligi oliy ta'lim olgan odamlarning köpligiga, hayot davomiyligining kötarilişi va tuğiliş miqdorining kamayişiga olib kelmoqda.

Bu, şuningdek, oilaviy köçişlar va ijtimoiy qadriyatlarning özgarişiga sababçi bölmoqda. Hisobotning asosiy muallifi Filipp ÖKif CNBC telekanaliga bergan intervyusida qariş muammosini körib çiqqanda faqat bugungi kunda keksaygan aholini emas, boşqa omillarni ham inobatga oliş lozim, degan xulosaga kelgan. Şarqiy Osiyo mehnat bozorida yaqin ön yilliklarda kelib çiqadigan muammolarni hal qiliş uçun pensiya tizimini isloh qiliş, ayollarni mehnatga jalb qiliş, tibbiyotni davolaşdan profilaktikaga ötkaziş taklif qilindi.