AQŞ prezidenti Barak Obama Oq uyda ötkazilgan katta matbuot anjumanida yil yakunlarini öqib eşittirdi, şuningdek, jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Jurnalistlar bilan beş soat muloqot qilgan rossiyalik hamkasbi Putindan farqli ölaroq, buning uçun Obamaga bir soatdan kamroq vaqt talab qilindi.
Obama qisqa gapirişini oldindan aytdi, negaki “Yulduzlar jangi”ning navbatdagi qismini körişga şoşilayotgan ekan.

Bundan taşqari, anjuman Obamaning Gavayiga Yangi yil ta'tiliga uçib ketişi oldidan kun tartibida belgilangan oxirgi tadbir edi.
Birinçi navbatda, Obama Parijda “AQŞ yetakçiligida” 200 davlat ma'qullagan iqlim özgarişi böyiça deklaratsiyaning imzolanişini yilning asosiy yutuqlaridan biri, deb baholadi. Şuningdek, u IŞIDga qarşi olib borilayotgan kuraş hamda San-Bernardinodagi otişma tafsilotlariga töxtalib ötdi.


Içki siyosatdagi asosiy yutuqlardan biri sifatida prezident barça 50 ştatda bir jinsli nikohlarning tan olinişini e'tirof etdi.
“2016 yilda men barça kuçimni yangi yutuqlarga sarflayman”, - degan sözlar bilan Oq uy rahbari hisobotini yakunladi.