Xalqaro valyuta jamğarmasidagi islohotlar natijalariga köra, Rossiya XVJning 10 ta yetakçi a'zosi orasiga kiritiladi. Bu haqda XVJ rahbari Kristin Lagard ma'lum qildi.
“Bu islohotlarning tasdiqlanişi XVJning global moliyaviy barqarorlikni qöllab-quvvatlovçi institut sifatidagi rolining mustahkamlanişiga kömak beruvçi uzoq kutilgan va muhim qadam böldi. Islohotlar XVJning asosiy zaxiralarini ança oşiradi, bu esa bizga inqirozlarga samaraliroq javob berişga hamda XVJ boşqaruvini yaxşilaşga imkon beradi”, deb aytilmoqda Lagardning xabarida.
Endilikda törtta rivojlanayotgan davlat, ya'ni Braziliya, Xitoy, Hindiston va Rossiya XVJning 10 ta yetakçi a'zosi qatoriga kirdi. Unga, şuningdek, AQŞ, Yaponiya, Fransiya, Germaniya, Italiya va Buyuk Britaniya ham kiradi.






