Qirğiziston poytaxtidagi “Manas” aeroportiga bomba qöyilgani haqida ma'muriyatga xabar kelib tuşdi. Lekin, respublika milliy xavfsizlik qömitasi bergan ma'lumotlarga qaraganda, sapyorlar u yerdan portlovçi uskuna topa olmagan.
“Bugun aeroport elektr manziliga portlovçi uskuna örnatilgani borasida xabar kelib tuşdi, - deyiladi xabarnomada. – Voqea joyiga tegişli xizmatlar xodimlari yetib keldi. IIV va aviatsion xavfsizlik xizmatining qöşma tadbiri davomida aeroport közdan keçirilib, heç qanday portlovçi uskuna aniqlanmadi”.
Bundan taşqari, aeroportda bölgan samolyotlar körib çiqilgan.






