Keniya rasmiylari Air France samolyotida bomba borligini tasdiqladi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.

Ilgari xabar qilinganidek, Mavrikiydan Parijga ketayotgan Air France kompaniyasi samolyoti bortda bombaga öxşagan predmet topilişi munosabati bilan Keniyada favqulodda qönişni amalga oşirişga majbur böldi. Samolyot Mombasa şahridagi Moi xalqaro aeroportiga qöngan. Uning bortidan 459 yölovçi va 14 nafar ekipaj a'zosi evakuatsiya qilingan.
Keniyalik mutaxassislari samolyot bortida portlovçi uskuna topib, uni aeroport taşqarisiga olib çiqib ketgani xabar qilinmoqda.

Aviakompaniya yölovçilarni olib ketiş uçun Keniyaga qöşimça reys yubordi.