21 dekabr kuni AQŞning Nevada ştatidagi Las-Vegas şahrida, "Dunyo Gözali-2015" ğolibini taqdirlaş marosimi ötkazilayotgan Planet Hollywood mehmonxonasi yaqinida töplanib turgan odamlar ustiga bostirib borgan avtomobil 1 kişining ölimiga va 37 kişining jarohatlanişiga sababçi böldi. NBC News xabariga köra, jarohatlanganlarning 7 nafari oğir ahvolda qolmoqda.
Sky News xabariga köra, bu avtomobil boşqaruvida ayol kişi bölgan. Politsiya u qoçib ketmoqçi bölganini, lekin mehmonxona oldida qölga tuşgani haqida ma'lumot bergan. Uşbu ayolning qonida alkogol va narkotik moddalar bor-yöqligi tekşirilmoqda. CBS Las Vegas xabarida esa uning yonida hodisa vaqtida boşqa odam ham bölgani aytilgan.
Jabrlanuvçilar Las-Vegas universitetining Tibbiyot markaziga joylaştirilgan. Ulardan 4 nafariga tibbiy yordamlar körsatilgaç, ularga javob berib yuborilgan.
Şifokorlarning aytişiça, jarohatlanganlarning köpçiligi fransuz tilida sözlaşişgan. Ular fransiyalik sayyohlar bölişi mumkin.






