11 dekabrdan Özbekistonda avtomobillarning narxi örtaça 30 foizga oşirildi. Bir neça oylar muqaddam maşina pulining bir qismini yoki töliq narxini tölagan xaridorlar endilikda maşinalarini avtosalondan olib çiqa olmayapti, negaki hisob-kitobni yangi narxlarda oşiriş talab qilinmoqda. Bu mijozlarning ham, jurnalistlarning ham keskin noroziligiga sabab bölmoqda.
“Şu kunlarda yuzlab odamlar şu va şunga öxşaş boşqa savollar bilan “Samarqandavtotexxizmat” AJ ostonasida töplanib olgan, — deb yozadi samarqandlik jurnalist Toşpölat Rahmatullayev. — Uşbu taşkilot boşqaruvi raisi örinbosari Şarof Pardayevning sözlariga qaraganda, 800 kişi avtomobil uçun oldindan pul tölagan. Ular öz maşinalarini eski narxlarda olişdan umid qilişgan edi.
Lekin, uning tan olişiça, buning imkoni yöq va hozirgi vaziyatda heç narsa qilib bölmaydi, negaki qarorlar “tepada” qabul qilingan, uning taşkiloti esa bor-yöği ijroçidir”.
“Ha, rasman “Özavtosanoat” kompaniyasi haq, negaki “Samarqandavtotexxizmat” va mijoz örtasida tuzilgan şartnomada “tovar narxi u yetkazilganiga qadar özgargan taqdirda tovar özgartirilgan va yangi belgilangan narxlar böyiça yetkaziladi” deb belgilab qöyilgan. Lekin amaliyotning körsatişiça, kutilmagan holatlar böladi. Hamma narsani oldindan köra biliş va şartnoma bilan mustahkamlaş mumkin emas ekan”, — deya ta'kidladi jurnalist.






