Xitoyning janubidagi Guandun viloyatidagi Şençjen şahrida yuz bergan köçki oqibatida bedarak yöqolganlar soni 90 nafardan oşdi. Bu haqda Reyter axborot agentligi xabar tarqatdi.

Ayni vaqtda 59 nafar erkak va 32 nafar ayolni qidiriş işlari olib borilmoqda. Qutqaruv işlariga 500 nafar öt öçiruvçi va 30 dan ortiq iskovuç itlar jalb qilingan.

Ular tuproq va loy ostidan 14 kişini qutqarib olişgan. Voqea joyidan 900 nafardan ortiq kişi köçirilgan.

Bundan oldingi xabarlarda bedarak ketganlar soni 59 nafarligi aytilgandi.

Agentlikning ta'kidlaşiça, mahalliy hokimiyat ma'lumotlariga köra, köçki ostida 33ta uy qolib ketgan.

Xitoy rahbari Si Tszinpin jabrlanuvçilarga barça kerakli yordamlar körsatilişi böyiça körsatma bergan.

Xitoy boş vaziri Li Ketsyan Şençjen şahriga uşbu hodisa sabablarini örganiş böyiça tekşiruv boşlaş uçun maxsus guruhni jönatgan.