Iroq armiyasi 22 dekabr kuni Anbar viloyati markazi Ramadi şahrini IŞID qölidan ozod qiliş böyiça keng kölamli harbiy amaliyot ötkazmoqda. Bu haqda Iroq xavfsizlik xizmatidagi manbasiga asoslangan holda Agence France-Presse agentligi xabar tarqatgan.
"Biz Ramadi şahriga bir neça yöllardan kirib, tumanlarni jangarilardan tozalaşni boşladik", deya ma'lum qiladi manba.
20 dekabr kuni Iroq harbiylari mamlakat Harbiy havo kuçlari samolyotlari orqali Ramadi şahri ustidan varaqalar soçgan va aholini keyingi 3 kun davomida şahardan çiqib ketişga çaqirgandi.
"Al-Djazira" telekanalining bildirişiça, IŞIDga qarşi amaliyot şaharda hali ham tinç aholi vakillari borligi uçun qiyinçilik bilan olib borilmoqda.






