AQŞ federal sudi texaslik Endi Xausni özining Bugatti Veyron giperkari bilan suğurta firibgarligini amalga oşirmoqçi bölgani uçun 12 oy va bir kunga qamoq jazosiga mahkum qildi. Bu haqda KTRE telekanali ma'lum qildi.

Lakin şahrida yaşovçi Xaus 2006 yilda 1001 ot kuçiga ega Bugatti Veyron kupesini 1 mln dollarga sotib olgan hamda 20 ming dollar tölab, 2,2 mln dollarga suğurtalagan. 3 yil ötib maşina Meksika böğozida çöktirib yuborilgan. Dengizning tuzli suviga tuşgan giperkar tiklab bölmaydigan darajaga kelgan.

Xaus politsiyaga avariya u jiringlayotgan mobil telefonini olmoqçi bölib çalğiganda yuz berganini aytgan. Boşqa versiya böyiça, maşina egasi pastlab uçayotgan quş bilan töqnaşib ketişdan qoçaman deb boşqaruvni qöldan çiqarganini aytgan.

Xaus suğurta kompaniyasidan ziyonni qoplaşni talab qilgan, biroq suğurtaçilar giperkar Xaus tomonidan ataylab suvga jönatilganini videoga yozib olgan guvohni topa olişdi. Uşbu holat tasvirlangan video YouTube portalida joylaştirildi.

Sudgaça tergov 5 yil davom etdi. Oqibatda öz qilmişini tan olgan Xaus firibgarlikda aybdor deb topildi. Erkak 20 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin edi, biroq unga 366 kunlik qamoq muddati va 600 ming dollar jarima solindi. Xaus ozodlikka çiqarilgandan keyin ham yana 3 yil davomida alohida kuzatuv ostida böladi.