APLning 17-turida "Arsenal" öz maydonida "Mançester Siti"ni qabul qildi.
"Emireyts — Eşberton Grouv" stadionida ötkazilgan uçraşuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Birinçi bölimning 33-daqiqasida Teo Uolkott hisobni oçdi.

Birinçi bölimga hakam tomonidan qöşib berilgan daqiqada Olive Jiru hisobdagi ustunlikni mustahkamladi 2:0.

Bu gollarga Mesut Özil golli uzatmani amalga oşirgan. Endi uning joriy mavsumda APL öyinlaridagi golli uzatmalari soni 15tani taşkil etadi.
82-daqiqada mehmonlar yarim himoyaçisi Yaya Ture kuçli va aniq zarba bilan Petr Çexni doğda qoldirdi.

Şu tariqa, "Arsenal" öz oçkolari sonini 36taga yetkazdi va "Lester"ni ta'qib qilişda davom etadi. "Şaharliklar" esa 32 oçko bilan 3-poğonada qoldi.

Angliya çempionati, 17-tur
Arsenal – Mançester Siti 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 33 Uolkott, 2:0 – 45 Jiru, 2:1 – 82 Ture.
Arsenal – Çex, Belerin, Mertesaker, Koselni, Monreal, Flamini, Remzi, Kempbell (Gibbs, 70), Özil (Oksleyd-Çemberlen, 76), Uolkott (Çembers, 88), Jiru.
Mançester Siti – Xart, Sanya, Otamendi, Mangalya, Kolarov, de Bryuyne, Ture, Fernandino, Delf (Sterling, 46), Silva (Navas, 73), Aguero (Boni, 63).
Ogohlantirişlar: Silva (31), Otamendi (48).






