Daniyada dat tilidan tarjima qilinganda “qoçqinlar oqimi” ma'nosini anglatuvçi flygtningestrømme sözi 2015 yilda eng köp işlatilgan söz birikmasi böldi, deya xabar bermoqda The Local.

Tadqiqot Daniya Lingvistlar kengaşi tomonidan ötkazildi. Kengaş a'zoligidan turli universitetlar va ommaviy axborot vositalari vakillari joy olişdi.
Kengaş direktori Sabina Kirçmeyyerning sözlariga köra, 2015 yilda eng köp qöllanilgan söz va birikmalar joriy yildagi dolzarb hodisalar, masalan, “muhojir” va “çegara” istilohlariga taalluqli böldi.

Uning ma'lum qilişiça, “qoçqinlar oqimi” söz birikmasi Daniya fuqarolari nazdida nafaqat qoçqinlar obrazini şakllantiradi, balki ularni qöşni mamlakatlar fuqarolari bilan ham boğlaydi.

Eng ommalaşgan sözlar röyxatidan 326ta söz va jumlalar joy oldi. Ular orasida “selfi”, “tverking” kabi özlaştirilgan sözlar ham bor. Ötgan yilda esa mamlakatda “Mobile Pay” (bank mobil ilovasi nomi) hamda “arab bahori” yetakçilik qilgan edi.