Viloyat içki işlar organlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir jarayonida Termiz şahrida yaşovçi fuqaro töxtatib tekşirilganida, uning yonidan 4 grammdan ortiq «marixuana» giyohvandlik moddasi topilgan.

Mazkur fuqaroning uyi tekşirilganida 988 gramm «marixuana» giyohvandlik moddasi topilib, daliliy aşyo sifatida olingan.

IIV axborot xizmatining xabariga köra, u uşbu giyohvandlik moddasini mahalliy aholi vakilidan sotib olganligi aniqlandi.

Uşbu holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.