Tojikiston Saudiya Arabistoni taşabbusi bilan terroçilikka qarşi tuzilgan Musulmon koalitsiyasi tarkibiga qöşiliş imkoniyatlarini körib çiqmoqda. Bu haqda Tojikistonning Ar-Riyoddagi elçisi Şarif Azamşo Latifzodaga asoslangan holda «Aş-Şarq al-Avsat» gazetasi yozgan.

Elçining qayd etişiça, Tojikiston koalitsiyaning teng huquqli a'zosi bölişni istaydi.

Latifzodaning aytişiça, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 2016 yilning yanvarida Ar-Riyodga safar uyuştirib, qirol Abdulaziz Salmon bilan uçraşişni rejalaştirgan. Tomonlar uşbu uçraşuvda terrorizmga qarşi kuraş masalalarida özaro hamkorlikni kuçaytiriş masalasini muhokama qilişi kutiladi. Uşbu uçraşuvdan keyin Duşanbe koalitsiyaning a'zosiga aylanişi mumkin.

Qayd etiş kerakki, Saudiya Arabistoni 15 dekabr kuni terrorçilikka qarşi kuraşuvçi 34 ta musulmon davlatidan iborat alyans taşkil qilinganini e'lon qildi.

Koalitsiyaga Saudiya Arabistoni, Iordaniya, BAA, Pokiston, Bangladeş, Bahrayn, Benin, Turkiya, Çad, Togo, Tunis, Jibuti, Senegal, Sudan, Serra-Leone, Somali, Gabon, Gvineya, Falastin, Komor Orollari, Qatar, Kot-d'Ivuar, Kuvayt, Livan, Liviya, Mali, Maldiv Respublikasi, Malayziya, Misr, Marokaş, Mavritaniya, Niger, Nigeriya va Yaman kirgan.

AQŞ mudofaa vazirligi Saudiya Arabistoni boşliq koalitsiyani qutlagan.

Rossiya esa bu koalitsiyaning maqsadlarini aniq bilmagan holda, munosabat bildirişga hali ertaligini aytib ötgan.

Saudiya Arabistoni boşçiligidagi yangi aksilterrorçilik koalitsiyasi xalqaro hamjamiyat bilan birga işlaşi aytilgan.