"Çelsi" jamoasining yangi boş murabbiyi Guus Xiddink qişki transferlar vaqtida şov-şuvli transferni amalga oşirmoqçi. fichajes.com naşrida xabar qilinişiça, u "Real"ning 24 yoşli kolumbiyalik futbolçisi Xames Rodrigesni Londonga olib kelmoqçi.

Bu transferning amalga oşişida futbolçining madridliklar ustozi Rafael Benites bilan munosabatlari sovuqlaşgani muhim rol öynaşi mumkin.

Norasmiy manbalarga köra, futbolçining transfer qiymati 80 million yevroni taşkil etadi. Xamesning "Real" bilan şartnomasi 2020 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.