«Qişloqqurilişinvest» injiniring kompaniyasi Samarqand filialidan olingan ma'lumotlarga qaraganda, viloyatning 36ta qişloq massivlarida 1327 ta yakka tartibdagi namunaviy uy-joylar qurilişi közda tutilgan. Bu haqda «Zarafşon» gazetasiga tayanib, UZ24 xabar bermoqda.
Jumladan, Oqdaryo tumanida 272 ta, Samarqand tumanida 269 ta, Past Darğom tumanida 150 ta, Tayloqda 120 ta, Urgutda 110 ta, Iştixonda 75 ta, Jomboyda 70 ta, Narpay, Kattaqörğon va Payariq tumanlarida 50 tadan, Paxtaçida 31 ta, Qöşrabotda 30 ta, Nurobod hamda Bulunğur tumanlarida 25 tadan uç, tört va beş xonali uylar quriladi.
Ayni kunlarda har bir massivning boş rejasi işlab çiqilib, tanlov savdolari ötkazilmoqda. Mahalliy hokimliklar tomonidan 2016 yil dasturiga asosan qurilişi rejalaştirilgan uy-joylar uçun xaridorlardan boşlanğiç badallar yiğilmoqda.
Bunday zamonaviy uy-joylar quriladigan hududlarning infratuzilmasini yaxşilaş, yangi xonadon egalari uçun qöşimça qulayliklar yaratiş maqsadida kommunikatsiya tarmoqlari, sport maydonçalari, maişiy xizmat körsatiş va savdo komplekslari bunyod etiladi. Uylar tarkibidan dahliz, mehmonxona, yozgi ayvon, oşxona, hammom, kattalar va bolalar uçun yotoqxona joy egallaydi. Hovlida esa xonadon sohiblari uçun kerakli barça şart-şaroitlar muhayyo qilinadi. Mukammal loyiha asosida bunyod etilgan uylar joy egallagan köçalarda gulzorlar, ravon yöllar barpo etiladi, manzarali daraxtlar ötqaziladi, tungi yoritgiçlar örnatiladi.
Ma'lumot uçun, 2015 yil viloyatning 37 massivida namunaviy loyihalar asosida 1235 ta uy-joylar qurilişi belgilangan. Ayni kunlarda mazkur uy-joylarning aksariyati öz egalariga topşirilib, ayrimlarida işlarni yil oxirigaça yakunlaş maqsadida pardozlaş işlari olib borilmoqda.






