Daily Mail britan naşri qandaydir jangarilar oq pikapga raketa yöllaşi, maşina haydovçisi esa joyidan qözğalib, zarbadan qoçişga muvaffaq bölgan videoni çop etdi. Taxmin qilinişiça, voqea Suriyada yuz bergan.

Jurnalistlarning ma'lumotlariga köra, maşina oldidagi sariq bayroq uning “Hizbulloh” taşkilotiga mansubligini bildiradi. Bu taşkilot Başar Asad tomonda jangarilarga qarşi kuraşmoqda. Video ixtilofning uçinçi bir tomoni tarafdan olingan.

Videoda boşqariluvçi raketa maşina tomon uzoq vaqt uçayotgani va maşina öz joyidan raketani boşqaruvçi operator uning yönalişini özgartira olişi uçun vaqti qolmagandagina şiddat bilan qözğalgani aks etgan.

Raketa pikap ortidan bor-yöği bir neça metrdan uçib ötib, portlaydi. Naşr haydovçi kim bölişidan qat'i nazar, “temir asablarga” ega ekanligini qayd qilmoqda.