Amerikaning Forbes jurnali 2015 yilda Gollivudning eng köp foyda keltirgan aktyor va aktrisalari nomini e'lon qildi.
Röyxatda Kris Evans boşçilik qilmoqda. Unga sarflangan har bir dollar kinostudiyaga 181,8 dollar bölib qaytib kelgan. U foyda keltirgan filmlar: “Qasoskorlar: Altron davri” va “Birinçi qasoskor: Özga uruş” hisoblanadi. Ikkinçi örinda esa “Yupiterning yuksalişi” va “Oz: Uluğ va qörqinçli” filmlarida rol ijro etgan Mila Kunis bormoqda. Unga sarflangan har bir dollar örni 87,3 dollar foyda keltirgan.
Uçinçi örinda biroz farq bilan Skarlett Yoxansson bormoqda. U “Qasoskorlar: Altron davri” va “Lyusi” filmlarida ijro etgan roli orqali 85 dollar foyda olib kelgan. Törtinçi örinda Gvinet Peltrou nomi qayd etilgan. U öziga sarflangan bir dollar mablağni 82,9 dollar bilan qoplagan. Kuçli beşlikni Emma Stoun 54 dollar bilan yopib bergan.
Top-10likda Kris Xemsvort (42,1 dollar), Vin Dizel (40,3 dollar), Jyennifer Lourens (39,1 dollar), Mark Uolberg (39,1 dollar) va Dueyn "Skala" Jonson (28,1 dollar) nomlari aytib ötilgan.






