Rossiyaning “AvtoVAZ” konserni 2018 yili içki bozorga ixçam krossoverni olib çiqmoqçi, u bugungi Lada Kalina modeli asosida qurilib, uning örnini bosişi mumkin. Bu haqda “Izvestiya” gazetasi xabar bermoqda.
Naşrning ma'lum qilişiça, Kalina oilasi sekin-astalik bilan bozordan çiqariladi va 2018 yilga “AvtoVAZ” bu nomdan voz keçadi.
Xususan, körsatilgan yilda konsern Kalina bazasidagi universal va Cross seriyasini çiqarişni töxtatib, ularga muqobil modifikatsiyalarni Granta negizida yaratadi. Granta modelining özi 2016 yilda restaylingdan ötkaziladi, 2020 yilda esa avlodi almaşadi.
Kalina’ning örnini bosadigan avtomobil nomi hozirça ma'lum emas. Uning seriyali modeli 2018 yil örtalarida taqdim etilişi kutilmoqda. 2023 yilda, rejaga köra, uning ikkinçi avlodi tayyor böladi.






