Angliyaning «Mançester Yunayted» klubi yetakçi futbolçilari APLning 17-turidan örin olgan «Norviç»ga qarşi uçraşuvdagi mağlubiyatdan (1:2) keyin jamoa boş murabbiyi Lui van Gaal bilan birga inqiroz vaziyatidan çiqiş rejasini muhokama qilişgan.

The Daily Mail naşrining bergan xabariga köra, gollandiyalik mutaxassis bilan uçraşuvda Ueyn Runi, Maykl Kerrik, Kris Smolling va Xuan Mata iştirok etişgan. Ular murabbiyning maşğulotlar protsessi, ortiqça qattiq rejim va uçraşuv paytida taktikadan norozi bölişgan.

Futbolçilarning fikriga köra, jamoadagi jarohatlarning köpayişiga maşğulotlar jarayonidagi ortiqça yuklamalarning köpligi sabab bölmoqda. Şu maqsadda ular van Gaaldan maşğulotlar paytida yuklamalarni qisqartirişni söraşgan.

Bundan taşqari, qayd qilinişiça, van Gaaldan asosan ispaniyalik Mata va Ander Erreralar norozi bölişmoqda. Ular Yevro-2016 musobaqasida terma jamoa safidan joy ola bilmay qolişdan çöçişmoqda.

Gazetaga köra, van Gaal futbolçilarning talabini töğri qabul qilgan va tomonlar mavsumni muvaffaqiyatsiz yakunlamaslik uçun kelişib işlaş böyiça oğzaki bitimga kelişgan.

Eslatib ötamiz, «MYu» bu mavsumda Çempionlar Ligasining pley-off bosqiçiga çiqişni uddalay olmadi, şuningdek 17-turdan keyin APLda 5-örinni egallab turibdi.

Oldinroq, van Gaal bölajak ikkita öyindan birida mağlubiyatga uçragan taqdirda iste'foga çiqarilişi haqida xabarlar tarqalgandi.