NASA Amerika kosmik agentligi vazifasi Mars sayyorasiga tadqiqot uskunasini olib borişdan iborat bölgan InSight missiyasini bir qança muddatga töxtatdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar qildi.

Sinovlar çoğida SEIS seysmomarkazini qöşimça tekşiriş zarurligini körsatdi. Boisi, Mars muhitiga yaqinlaşişda tekşiruv ötkazişga möljallangan mazkur uskunada nosozlik mavjudligi aniqlangan. Agentlik mutaxassislarining ta'kidlaşiça, uskunadagi barça tizimlarning töliq işlaşi missiyaning eng muhim şarti hisoblanadi.

Parvoz uçun eng qulay vaziyat esa 2016 yilning 4-30 mart kunlari kuzatiladi. Keyingi imkoniyat esa oradan 26 oy ötganidan söng qayd etilişi mumkin.
Eslatib ötamiz, 2015 yilning avgust oyida Gavayi orolidagi Mauna-Loa toğida “Marsda yaşab qoliş” loyihasiga start berilgan edi. Unda olti kişi bir yil davomida diametri 11, balandligi 6 metr bölgan gumbaz içida toza havo va odatiy taomlardan mahrum holda yaşaşi lozim.