FIFA boş kotibi lavozimidan ozod etilgan Jyerom Valke bir umrga futboldan çetlatilişi mumkin. Bu haqda Bloomberg xabar tarqatgan.

U sentabr oyida 90 kunga işidan ozod etilgandi. Oktyabr oyi boşida FIFA uning futboldan çetlatilişi muddatiga yana 45 kun qöşilgani haqida ma'lum qildi.

U Braziliyada 2014 yili ötkazilgan mundial öyinlari uçun noqonuniy ravişda çipta sotişni taşkil qilganlikda ayblanişi mumkin. Bundan taşqari, uning 2010 yili JARda ötkazilgan jahon çempionati mezbonligini aniqlaşda poraxörlik işida iştirok etgani gumon qilinmoqda.

Bloomberg naşri ma'lumotiga köra, tergov işlarini olib borayotgan şaxslar FIFAning etika böyiça qömitasiga 100dan ortiq sahifadan iborat hujjatlarni taqdim etgan. Unga köra, 55 yoşli fransiyalik amaldor boş taşkilotning axloq kodekslarini bir neça marta buzgani qayd etilgan.

Ta'kidlanişiça, agar FIFA arbitraj palatasi ayblovlarni asosli deb topsa, Valke umrbodga futboldan çetlatiladi.

Eslatib ötamiz, 21 dekabr kuni FIFA prezidenti Yozef Blatter va UYeFA rahbari Mişel Platini 8 yil muddatga futbol bilan boğliq har qanday faoliyat turidan çetlatilgandi.