Politsiya zobiti tomonidan otilib, harakatlana olmay qolgan erkak Kaliforniya federal hakamlik sudi qaroriga köra 11.3 mln dollar tovon puli oldi.

Voqea 2014 yilning 3 yanvar kuni sodir bölgan edi. Aslan vetnamlik bölgan Xung Lam San-Xose şahrini sudga berib, politsiya boşliği bölgan zobit unga qarata öq uzganini, buning oqibatida u bir umrga majruh bölib qolganini ma'lum qildi.

“Politsiya zobitining kurakda turmaydigan özboşimçaligi Xung Lamni bir umr nogironlar aravaçasiga mixlab qöydi”, - deydi da'vogarning advokati Jon Barris.
Eslatib ötamiz, 2014 yilda Erik Garner ismli amerikalik erkak politsiya tomonidan otib öldirilgani tufayli uning oilasiga 5.9 mln dollar tovon puli ötab bergan edi.

Oxirgi yillarda politsiyaning bu kabi xatti-harakatlari jamoatçilikning keskin noroziligiga sabab bölmoqda. Ayniqsa qurbonlarning katta qismi qora tanli ekanligi irqçilik borasidagi savollarning kötarilişiga zamin yaratmoqda.