Qozoğistonning Qustanay şahrida yöqolib qolgan 13 yoşli Mariya Kravçuk onasi tomonidan qidiruvga berilgan edi. Nur.kz naşrining ma'lum qilişiça, u begona xonadonda yigitlar davrasida topilgan.
Aytilişiça, qizning ota-onasi IIV organlariga rasman murojaat qilmagan. Lekin politsiyaçilar onaning ijtimoiy tarmoqlardagi xabariga javob tariqasida mustaqil ravişda qidiruvlarni boşlab yuborişgan. Ta'kidlanişiça, qiz juda tez topilgan.
Mariyaning hikoya qilib berişiça, u ögay otasi bilan uruşib qolgan va uyni tark etişga qaror qilgan. Ammo onasining işontirişiça, qiz internet orqali yigiti bilan janjallaşib qolgan.
Politsiyaçilar tomonidan topilganida uning könglini ovlayotgan yigitlar bilan esa Mariya “VKontakte” orqali tanişgan.
Uydan çiqib ketişdan oldin 20 dekabr kuni qiz ijtimoiy tarmoqdagi statusida hayotdan töyganini ma'lum qilgan.






