Rossiya xavfsizlik kengaşi kotibi Nikolay Patruşev “Rossiyskaya gazeta”ga bergan intervyusida NATO harbiy faoliyati bilan boğliq masalalar Rossiya xavfsizligiga borgan sari kattaroq xavf solişini aytdi.

“NATO harbiy faoliyati bilan boğliq tahdidlar borgan sari kattaroq xavf soladi. Hujumkor salohiyatni oşiriş va modernizatsiyalaş, yangi qurol turlarini yoyiş, raketaga qarşi mudofaaning global tizimini yaratişga intiliş, jumladan Rossiya atrofida, global xavfsizlik strukturasini yöqqa çiqaradi. Ba'zi ğarb davlatlari yetakçilarining NATO – bu dunyoda xavfsizlikni ta'minlaş uçun yaratilgan mudofaa ittifoqi degan sözlari faqatgina alyansning tajovuzkor mohiyatini berkitadi”, deb aytdi Patruşev.

Avvalroq Patruşev axborotni himoya qiliş tizimini takomillaştirişni taklif qildi, çunki hokimiyat organlarining axborot tizimlarida xorijiy texnik razvedkalarning dasturiy vositalari aniqlangan.