Toşkentda samarqandlik talabani aldab pulini olib qöymoqçi bölgan kirakaşlar qölga olindi, deb xabar beradi “Ogoh” naşri.

Aytilişiça, Ismatulla ismli şaxs tanişi Mustafoni Spark rusumli avtomobiliga ötkizib, kira işlab yurgan. Bir kuni ularning yölidan yoşroq yigit çiqib qolib, manzilgaça eltib qöyişni söragan, yukxonaga sumkasini solgan. Yigitning asli samarqandlik ekanligi, kasb-hunar kollejida öqişini bilgan tanişlar uning pullariga ega çiqişga qaror qilişgan.

Bir muddat ötib, Mustafo manziliga yetib kelganini aytib, tuşib qolgan, yukxonadan yukimni olay, qabilida gapirib, aslida talabaning sumkasini olgan. Sumkaning içida 1.1 mln söm borligi aniqlangan. Mustafo pullarin olib, sumkani joyiga qöygan.

Bir muddatdan söng talaba ham manziliga yetib kelib, tuşgan, ammo sumkasida pullari yöqligini aniqlagan. Ismatulla Mustafoni tanimasligini aytişiga qaramay, undan şubhalangan talaba tegişli idoralarga arz qilgan. Natijada kirakaşlarning aldovi foş bölib, ular javobgarlikka tortilgan.