Braziliyaning «Santos» klubi Ispaniyaning «Barselona» jamoasi hujumçisi Neymarni sotuvi böyiça imzolangan kelişuvdagi bonuslarni berişni istamayotgani borasida rasmiy bayonot bilan çiqdi.
Kataloniyaliklar şartnomaga köra «Santos»ga Neymar «Oltin töp» sovrini uçun asosiy da'vogarlar uçligiga kirgani uçun 2 million yevro bonus tölaşlari kerak böladi.
Ötgan haftada «Barselona» Braziliya tomoniga rasmiy xat yozgani, biroq «Santos» yetib bormasdan matbuotda paydo haqida xabarlar paydo bölgandi. Unda ispanlar, ikki klub örtasida Neymarning transferi böyiça hamon tortişuvlar davom etar ekan, bonusni tölab bermasliklari haqida ogohlantirişgan.
«Bu yana bir şartnoma şartlarini buziş sanaladi. Ular aslida mavjud bölmagan yuridik tösiqlardan [bonusni tölamaslik maqsadida] foydalanişmoqçi».
«Barselona» öz majburiyatlarini bajarmaslik uçun turli «parda ortidagi» işlarni amalga oşirib körmoqçi», – deyiladi «Santos» bergan bayonotda.
Ma'lumotlarga köra, «Santos» bu borada FIFAga murojaat qilişi mumkin.






