BMT xavfsizlik kengaşi Liviyada birdamlik hukumatini şakllantiriş rezolyutsiyasini ma'qulladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Ta'kidlanişiça, bu qaror kengaşning 15 a'zosi tomonidan bir ovozdan qabul qilindi. 17 dekabrda Marokaşda Liviyadagi ixtilof tomonlari örtasida milliy birdamlik hukumatini şakllantiriş va ixtilofni tinçlik bilan tartibga soliş böyiça kelişuvni imzolaş marosimi bölib ötdi.

Ta'kidlanişiça, kelişuv Liviyaning Yalpi milliy kongressi va parlament vakillari tomonidan imzolandi.

Bu orada Liviya hukumati taşqi işlar vaziri Ali Abu Za'quq Rossiyaga IŞID jangarilariga aviazarbalar beriş iltimosi bilan faqatgina hali şakllanmagan milliy kelişuv hukumatigina murojaat qila olişini aytdi.