Namangan viloyati, Uçqörğon tumani tibbiyot birlaşmasiga qaraşli poliklinikalardan birining mudirasi Nasiba Otavaliyeva poraxörlikda ayblanib qölga olindi. Bu haqda “Huquq” naşri yozmoqda.

Aytilişiça, mudiralikka tayinlanişi bilan Otavaliyeva odamlarga tibbiy ma'lumotnoma beriş uçun ulardan pul ta'ma qilgan. Bundan taşqari, heç qanday tekşiruvlarsiz “soğlom” deb yozib beriş holatlari kuzatilgan.

Bundan ma'lumotnomalarning “stavkasi” 5 ming sömdan 15 ming sömgaça bölgan. Ta'kidlanişiça, bu işda unga hamşiralar Nazokat Asqarova va Zarofat Abdullayeva, şifokor Arslon Qambarov şerik bölişgan.

Ötkazilgan tekşiruv davomida poliklinika röyxatxonasida 67ta mana şunday soxta hujjat topildi. Ularning barida Otavaliyevaning imzosi qöyilgan edi.
Jinoiy guruh javobgarlikka tortildi.