Rossiya aviatsiyasi 5 kun içida Suriyadagi jangarilarning mingdan köproq obektiga aviazarbalar berdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
“Ötgan 5 kun, ya'ni 18 dekabrdan 23 dekabrgaça Rossiya aviaguruhi samolyotlari Suriyada 302 ta harbiy parvoz amalga oşirib, Halab, Idlib, Dayr az Zaur, Hama, Xoms viloyatlarida jangarilarning 1093 ta obektiga zarba berdi”, deb ma'lum qildi Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konaşenkov.
Konaşenkovning ma'lum qilişiça, yöq qilingan obektlar orasida MDH davlatlaridan kelganlarni tayyorlaydigan maşğulot lageri ham bölgan.






