Rossiya aviatsiyasining zarbasi natijasida Suriyaning Idlib viloyatida jangarilarning maşğulot lageri yöq qilindi, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi.
“Idlib viloyati Xabit aholi punkti hududida Su-34 bombardimonçi samolyoti tomonidan Suriyaga qöşni davlatlardan kelgan köplab tajribali instruktorlar bölgan yirik maşğulot lageri yöq qilindi. Turkiyadan bu yerga kelayotgan jangarilardan katta qismini MDH davlatlari fuqarolari taşkil qiladigan lager haqidagi axborot Suriyaning vatanparvar muxolifati vakillari tomonidan bir hafta avval olingan”, deb aytdi Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konaşenkov.






