Özbekiston prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi “Özbekiston Respublikasida yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori ösib kelayotgan yoş avlodni har tomonlama qöllab-quvvatlaşning yana bir muhim kafolati böldi. Mazkur qaror asosida yurtimizning barça hududida «Kamolot» uylari barpo etilib, yoş oilalarga topşirilmoqda.

"2015 yil Jamşid Şukurovlar xonadoni uçun omadli böldi. Yoş oila poytaxtimizning Sergeli tumanida qad rostlagan «Kamolot» uylari sohiblaridan biriga aylandi", deyiladi ÖzA xabarida.

"Yaşaş uçun har tomonlama qulay «Kamolot» uyiga köçib ötganimdan qança quvongan bölsam, tengdoş va hamfikr qöşnilar borligi yana bir omadim. Farzandlar tarbiyasida, ularning qanday insonlar bölib kamolga yetişida ular bilan birga ulğayayotgan qöşni bolalarning ahamiyati katta. Qöşnilarimizning barçasi ma'lum bir sohada yutuqqa erişgan, jamiyatimizda öz örnini topa olgan yoşlardan iborat", – deydi J.Şukurov.

Kattaqörğon tumanining Alijon qişloğida tuğilgan Jamşid Şukurov tört farzandli oilaning tönğiçi. Ota-onasi parrandaçilik fermasida işçi bölib faoliyat yuritmoqda. Ular farzandlarining bilim olişi, öqib-örganişi uçun zarur bölgan barça şaroitni yaratdi. Maktabni a'lo baholarda tamomlagan Jamşid 2005 yili Alişer Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti kimyo fakultetining bakalavr, 2007 yilda magistratura bosqiçini bitirdi. Söng Özbekiston Fanlar akademiyasida tadqiqotçi-izlanuvçi bölib iş boşladi. Hozirgi kunda akademiyada katta ilmiy xodim-izlanuvçi lavozimida faoliyat yuritmoqda. Iş faoliyati davomida J.Şukurovning qirqqa yaqin ilmiy maqolasi mamlakatimiz va çet el naşrlarida çop etildi.

Yoş olim hozirgi kunda mahalliy xomaşyo asosida köp funksiyali ta'sirga ega bölgan defoliantlar, ya'ni ğöza barglarini tökuvçi texnologiya oliş ustida ilmiy iş olib bormoqda.

"Öğlimning imtiyozli ravişda “Kamolot” uylari sohibi bölgani haqidagi xuşxabarni butun oilamiz bilan katta xursandçilikda kutib oldik. Mamlakatimizda yoşlarga, yoş oilalarga körsatilayogan bunday e'tibor biz kabi ota-onalarning ham muşkulini oson qilmoqda. Yangi yilni farzandim, nabiralarim bilan yangi uyda kutib olişni niyat qildik. Yoşlar erişayotgan yutuqlar, yurtimizda hukm surayotgan tinçlik-osoyiştalik, xonadonlardagi fayzu-baraka istiqlol bergan uluğ ne'matlardir", – deydi Jamşidning otasi Sulton Şukurov.

«Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakati markaziy kengaşidan ma'lum qilişlariça, 2015 yilda ikki mingdan ziyod yoş oila şinam uy-joylarga ega böldi. Soğlom ona va bola yilida ham bir yarim mingga yaqin «Kamolot» uylari foydalanişga topşirilişi rejalaştirilgan. Joriy yilda birgina Toşkent şahridan 165 yoş oila «Kamolot» uylari sohiblariga aylandi.

“Kamolot” uylarini yoş oilalarga beriş tartibi töğrisidagi nizomga köra, bunday uylarni turar joy şaroitlarini yaxşilaşga muhtoj sifatida hisobda turgan hamda fan, san'at, adabiyot, sport va boşqa sohalarda yuksak natijalarga erişgan, şuningdek, ariza berilgan paytda 30 yoşdan oşmagan er-xotinlar ipoteka krediti asosida sotib oliş huquqiga ega.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 8 sentabrdagi «Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnaşayotgan yoş oilalarni uy-joy bilan ta'minlaşni yanada qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga muvofiq “Kamolot” uylaridagi sotib olinadigan xonadonlar qiymatini tölaş uçun, boşlanğiç badal kiritilmasdan, Markaziy bankning qayta moliyalaştiriş stavkasiga teng bölgan foizli stavka bilan 20 yil muddatga, jumladan, 5 yillik imtiyozli davrga beriş belgilab qöyilgani yoş oilalar uçun katta imkoniyatdir.

Mazkur zamonaviy uylarni qurişda yoşlarning oilaviy şaroiti hisobga olingan. Masalan, yangi turmuş qurgan yoş oilalarga ikki xonali, ikki va undan köp bolali oilalarga uç xonali uylar berilayotir. Bu oilalarning nafaqat turmuş şaroitini yaxşilaş, balki farzandlarini har tomonlama soğlom va barkamol insonlar qilib voyaga yetkazişdek ezgu intilişlarini röyobga çiqarişga xizmat qiladi.

"Quvonarlisi, bu uylarni olişga doir hujjatlarni tayyorlaş, ularni rasmiylaştiriş juda oson keçdi, – deydi Gözal Anorqulova. – Xonadonimizda yoş oila uçun barça şaroit mavjud. Bundan taşqari, har bir xonadonga alohida içki isitiş moslamalari örnatilganligi yoş oilalarga moddiy jihatdan ham kömak böldi.