AQŞning Minneapolis xalqaro aeroporti terminali qora tanli fuqarolarning huquqlarini himoyalovçi Black Lives Matters taşkilotining bir neça yuz faollari tomonidan tösib qöyildi, deb xabar bermoqda USA Today naşri.

Norozilar ötgan oyda politsiyaçilar tomonidan otib öldirilgan, Minneapolisda yaşagan 24 yoşli qora tanli Jamar Klarkning işi böyiça tergov ötkazilişini talab qildilar. Faollar dastlab yirik savdo markazlaridan birida yiğila boşladilar, biroq markaz rahbariyati namoyişni noqonuniy deb topib, odamlarni hududni tark etişga çaqirdi. Olomon temir yöl izlari böylab aeroport tomonga yöl olib, u yerdagi terminallardan birini tösib qöydi.

Politsiya bir soat davomida namoyişçilarni tarqata olmadi, 15 ga yaqin kişi hibsga olindi. Töpolon paytida heç kim jabrlanmagan.

Avvalroq Minneapolis meri Betsi Xojyes AQŞ adliya departamentining fuqarolik huquqlari böyiça bölimiga “oçiq-oydinlik va jamoatçilik işonçi yölida” uşbu voqea yuzasidan federal tergov ötkaziş iltimosi bilan maktub yöllaganini aytgan.

Jamar Klark bosqinçilikda ayblanib hibsga olingan. Bir qator guvohlar, şuningdek, Klarkning otasi politsiyaçi uning öğlini otib taşlaganda u qölkişanlarda bölganini ta'kidlamoqdalar.