25 dekabr kuni Bangladeşdagi masjidlardan birida juma ibodati ado etilişi vaqtida portlaş sodir böldi va bir kişi halok bölib, önlab kişilar jarohatlandi. Bu haqda mahalliy politsiya ma'lum qilgan.
Guvohlarning aytişiça, halok bölgan yagona kişi özini portlatgan terrorçi edi.
"Biz bu hodisaning terakt ekanini aniqlaş uçun tekşiruvlar olib bormoqdamiz", deya politsiya vakili Motiara Raxmanning sözlaridan iqtibos keltiradi Reyter agentligi.
Bu hodisa yuzlab kişilar masjidda juma namozini öqiş uçun kelganida yuz bergan.
Bu masjid "Axmadiya" nomli jamiyatga tegişli bölgan. Musulmonlarning boşqa guruhlari bu jamiyatni dindan qaytganlar sifatida bilişadi.






