Yangi yil bayrami arafasida Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi tomonidan xavfsizlikni ta'minlaş borasida zarur çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
"Yangi yil bayrami köngildagidek ötişini ta'minlaş borasida mamlakatimiz böylab keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Uşbu yönalişda tumanlar, mahallalar va korxonalarda huşyorlik va ogohlikka çorlovçi tarğibot tadbirlari taşkil etilmoqda. Bunday profilaktika işlari muntazamlik kasb etgani tufayli odamlar ongida farzandini, öz uyini, mahallasini asraş, uni yomon közlardan, yovuz niyatli kimsalardan himoya qiliş tuyğusi yanada mustahkamlanayotir", – deydi Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi inson huquqlarini himoya qiliş va yuridik ta'minlaş boşqarmasi boşliği Ilhom Turğunov.
Içki işlar idoralari tizimida bayram kunlari tinçlik va xavfsizlikni ta'minlaşga qaratilgan çora-tadbirlar tasdiqlangan reja asosida amalga oşirilmoqda. Bunda tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda jamoat tartibini saqlaş, yöl harakati va yonğin xavfsizligini ta'minlaş hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olişga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Özbekistondagi har bir göşa, ayniqsa, bayram tadbirlari ötkaziladigan joylar soha xodimlarining alohida e'tiborida bölib turibdi. Noxuş holatlar yuzaga kelişiga yöl qöymaslik, xavfsizlikni ta'minlaş yuzasidan maxsus reydlar ötkazilmoqda. Bu jarayonda mahalliy hokimliklar, jamoat taşkilotlari vakillari, xususan, mahalla fuqarolar yiğinlari raislari, posbonlar faol iştirok etmoqda. Tadbirlar davomida aniqlanayotgan kamçiliklar, huquqbuzarliklar öz vaqtida bartaraf etilmoqda.
“Tozalaş” tadbiri davomida yetti millionga yaqin obekt közdan keçirildi. Natijada 191 mingdan ortiq ma'muriy huquqbuzarlik aniqlandi. Jinoyat sodir etib qidiruvda yurgan şaxslar uşlandi", deyiladi ÖzA xabarida.
Yangi yil arafasida va bayram kunlari mamlakatimizga pirotexnika vositalari kirib kelişi va sotilişining oldini oliş böyiça ham zarur çora-tadbirlar körilmoqda.
Olib borilayotgan keng kölamli sa'y-harakatlar natijasida yurtimizda jamoat xavfsizligi, osoyiştalik ta'minlanmoqda. Şunga qaramay, tinç, osoyişta hayotimizni asrab-avaylaş har birimizdan ogoh va huşyor bölişni talab etadi. Buni doimo yodda tutiş, yaqinlaşib kelayotgan Yangi yil bayrami köngildagidek ötişi uçun hissa qöşişga barçamiz mas'ul ekanimizni unutmaslik tavsiya etiladi.






