2015 yil 25 dekabr kuni soat 1100da Jizzax tibbiyot kollejining majlislar zalida Özbekiston «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi Jizzax şahar partiya taşkiloti tomonidan «Özbek teatri-özbek xalqining boy tarixi, milliy qadriyatlar, urf-odat va an'analarining tarğibotçisi» loyihasi doirasida davra suhbati ötkazildi.
Unda ÖzMTDP viloyat partiya taşkiloti xodimlari, şahar partiya taşkiloti raisi va yetakçi mutaxassisi, Jizzax tibbiyot kolleji öqituvçi va öquvçilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etişdi.
Davra suhbatini ÖzMTDP Jizzax şahar partiya taşkilotining Jizzax tibbiyot kolleji boşlanğiç partiya taşkiloti raisi Dilfuza Hamzayeva olib bordi.
Dastlab, Jizzax şahar partiya taşkiloti raisi Nigora Muxtarova yiğilganlarga partiyaning maqsad va vazifalari xususida batafsil ma'lumotlar berib ötdi.
Şundan söng, ÖzMTDP Jizzax viloyat partiya taşkiloti Ijroya Qömitasi devoni Jamoatçilik bilan aloqalar va OAV bilan işlaş böyiça yetakçi mutaxassisi Akmal Binokulov mavzu yuzasidan iştirokçilariga ma'ruza öqidi.
"Qaçonki milliy madaniyatimizning uzviy qismi bölgan teatr san'ati xususida söz borar ekan, buyuk ma'rifatparvar Mahmudxöja Behbudiyning "Teatr – bu ibratxonadur”, deb aytgan fikrini eslaş örinlidir”, deb yoziladi prezidentimiz I.Karimovning "Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuç” asarida.
Darhaqiqat, teatr jamiyatçilikni rivojlanişi va insonlarning ma'naviy jihatdan boyişida muhim omil bölib xizmat qiladi.
Hozirda yurtimizning har bitta viloyatida teatrlar faoliyat körsatmoqda. Xususan, viloyatimiz markazidagi Yunis Rajabiy nomidagi viloyat musiqali drama teatri mamlakatimizga bir neça taniqli sahna nomoyondalarini yetiştirib bergan.
Bugungi tadbirni ötkazişdan aosiy maqsad ham Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi mamlakatimizda milliy urf-odatlar hamda qadriyatlarni asrab-avaylaş va tarğib qilişda asosiy e'tiborni yoşlarga qaratilganligi hamda teatrlardagi tomoşalar orqali millatning madaniyatini oçib beriş közda tutilgan.






