Çikago politsiyasi gumondorni qölga oliş jarayonida tasodifan mahalliy ayolni otib qöydi, deya xabar bermoqda CNN politsiya xodimi ma'lumotiga asoslangan holda.
“55 yoşli ayol tasodifan otib qöyildi, fojyeali tarzda öldirildi”, - deya ma'lum qildi politsiya.
CBS ma'lumotiga köra, Betti Jons ismli ayol ortidan beş farzandi qoldi.
Xabarlarga köra, huquqni muhofa qiliş organlariga ayolning qöşnisi, 19 yoşli Kuintino Legirning otasi murojaat qilib, unga öğli metall beysbol töqmoği bilan tahdid qilayotganini aytadi.
Murojaat böyiça yetib kelgan politsiya öt oçib, uni jarohatlaydi, öqlardan biri esa tasodifan Betti Jonsga kelib tegadi. Olgan tan jarohati sababli har ikkisi ham vafot etdi.
Oila a'zolarining sözlariga köra, Şimoliy Illinoys universitetida tahsil oluvçi Legir ruhiy xastalikdan aziyat çekkan.
Çikago politsiyasi halok bölganlarning oila a'zolari va döstlariga öz hamdardligini bildirgan.






