Qaşqadaryo viloyatining Çiroqçi tumanida faoliyat yuritib kelgan tadbirkor moliyaviy jinoyatlari uçun javobgarlikka tortildi. Bu haqda “Huquq” naşri xabar bermoqda.
Mahmud Nigmatov asli Samarqand şahridan bölib, 2014 yili Çiroqçida “Mahmud Invest” MÇJni röyxatdan ötkazgan.
Korxonaning 2014 yilning 1 aprelidan 2015 yilning 16 iyunigaça bölgan faoliyati taftiş qilinganida M. Nigmatov birlamçi buxgalteriya hujjatlarini taqdim qila olmagan. Tekşiruvlar natijasida ma'lum bölişiça, şu davr içida u 6.357 mlrd sömlik kirim qilinmagan tovarlarni ulgurji narxlarda sotib, davlat manfaatlariga jiddiy zarar keltirgan.
Bundan taşqari, körsatilgan davrda korxonaga kirim qilingan 13.879 mlrd sömlik tovar-moddiy boyliklarni pul ötkaziş yöli bilan ulgurji narxlarda sotib olib, aholiga naqd pulga sotgan. Savdodan tuşgan pullarni nazorat-kassa maşinasi orqali kirim qilmagan, bankka ham topşirmagan.
Mahmud Nigmatovga nisbatan JKning tegişli moddalariga asosan tayinlangan jazolarni qisman qöşiş yöli bilan jinoyatlar majmui tariqasida eng kam oylik iş haqining 320 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlandi. Şuningdek, avval ötalmay qolgan muayyan huquqdan mahrum qiliş qöşimça jazosini qöşib, 1 yil 4 oyga mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida işlaş huquqidan mahrum qildi.






