Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning bir qator dengiz böyidagi şaharlarida terrorçilikka qarşi kuraşuvçi kuçlarni rejalaştirişni taşkil etiş uçun tezkor ştablar tuziş haqidagi farmonni imzoladi.

“Kaspiysk, Murmansk, Petropavlovsk-Kamçatsk, Simferopol va Janubiy-Saxalinsk şaharlarida dengiz hududlarida (havzalarida) terrorçilikka qarşi kuraşuvçi, aksilterrorçilik operatsiyalarni boşqariş böyiça ijroçi hokimiyatning federal organlari va ularning hududiy organlarining kuçlari va vositalarini qöllaşni rejalaştirişni taşkil etiş uçun tezkor ştablar taşkil etilsin”, deyilmoqda farmonda.

Uşbu tezkor ştablarning boşliqlari, agar Milliy aksilterrorçilik qömitasi raisi tomonidan özgaça qaror qabul qilinmasa, federal xavfsizlik xizmati çegara organlari rahbarlari hisoblanadilar.