Yaqin orada Tojikistonda tuğilgan bolalarga 4 mingta ismdan iborat yagona röyxatda keltirilgan ismlar berila boşlanadi, deb xabar berdi 25 dekabrda Tojikiston til va atamaşunoslik qömitasi matbuot-markazi vakili Abdurahim Zulfoniyon.

“Bizning qömita tojik ismlarining yagona röyxatini tayyorladi va uni 24 dekabrda hukumatga qabul qiliş uçun topşirdi”, deb aytdi jurnalistlarga Zulfoniyon.

Zulfoniyonning aytişiça, röyxat tasdiqlangandan keyin u Tojikistonning barça fuqarolik holatlari dalolatnomasini yoziş bölimlariga (FHDYo) yuboriladi. FHDYolarda uşbu röyxatga köra yangi tuğilgan bolalarga ismlar va tuğilganlik haqidagi guvohnoma beriladi.

Zulfoniyonning ta'kidlaşiça, tojiklar endilikda öz farzandlariga “qul”, “xon”ga tugaydigan ismlarni (misol uçun, Amirqul, Saidxon) bera olmaydilar. Uning aytişiça, Tojikistonda yaşovçi boşqa millat vakillari öz farzandlariga özlarining milliy an'analariga köra ism berişlari mumkin. Oxirgi vaqtlarda köplab tojik oilalarida öz farzandlariga arabça, turkça va eronça ismlar, şuningdek Qur'ondagi payğambarlarning ismlarini beriş rusum bölgan.

Zulfoniyonning aytişiça, ismlar yagona röyxatini 2016 yil boşida çop etiş rejalaştirilmoqda.