Xitoy oilalariga ikki farzand körişga ijozat berilgani töğrisidagi qonun loyihasi Xitoy xalq vakillari qömitasi vakillari tomonidan tasdiqlangan. Bu haqda "Sinxua" agentligi xabar tarqatdi.

"Davlat xitoyliklar oilalariga 2 farzandga ega böliş uçun ruxsat beradi", deyiladi xabarda.

Xabarda aniqlik kiritilişiça, bu qonun 2016 yilning 1 yanvaridan boşlab kuçga kiradi.

Bundan oldinroq, xitoylik juftliklar ikkinçi farzandni östirişning iqtisodiy zaruratlarini hisobga olgan holda, buni istaşmayotgani haqida xabar qilingandi.