Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev mudofaa vazirligi rahbarlar tarkibi bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda Oq Ördaning rasmiy sayti xabar bermoqda.
Davlat rahbari uçraşuvda qurolli kuçlarning yil davomidagi faoliyati yakunlarini körib çiqdi, şuningdek, armiyaning harbiy tayyorgarligi, mamlakatning mudofaa qobiliyatining kuçaytirilişiga baho berdi. U armiyaning bugungi kunning dolzarb tahdidlarini bartaraf qilişdagi ahamiyatini alohida qayd qildi.
“Har bir qozoğistonlik, öz xavfsizligi haqida öylar ekan, avvalo qurolli kuçlarimizga umid qiladi. Buni unutmasligingiz kerak. Qurolni şay tutiş zarur. Davlat öz tomonidan armiya uçun barça şaroitlarni yaratadi. Sizning vazifangiz esa sifatli zobit va askarlarni yetiştirib berişdir”, - ta'kidladi Nazarboyev.






