Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiyaga nisbatan maxsus iqtisodiy çoralarni joriy etiş töğrisidagi qarorga imzo çekdi. Bu haqda 28 dekabr kuni Kreml matbuot xizmati xabar qildi. Yangi çeklovlar faqatgina turk firmalari emas, balki Turkiya fuqarolari nazorat qiladigan taşkilotlarga ham taalluqli.

Bundan avvalroq esa boş vazir örinbosari Arkadiy Dvorkoviç Turkiyaga qarşi sanksiyalar kengaytirilişi haqida ma'lum qilgan edi. Uning qayd etişiça, hukumat Turkiya bilan hamkorlikda voz keçiş maqsadida emas, faqatgina, nodöstona harakatlarga nisbatan munosib javob beriş kerak, deb hisoblaydi.

Rossiya prezidenti Turkiyaga qarşi maxsus iqtisodiy çoralar töğrisidagi birinçi qarorni roppa-rosa bir oy muqaddam – 28 noyabrda tasdiqlagan edi. Uşbu hujjatdan turk mahsulotlarining alohida turlarini Rossiyaga olib kirişni taqiqlaş yoki çeklaş örin olgan. Jumladan, turk eksportining asosini taşkil etuvçi meva va sabzavotlar taqiq ostida tuşgan edi.

Hujjatda 2016 yilning 1 yanvaridan viza tartibining kuçga kirişi, Rossiya va Turkiya örtasidagi charter reyslarining taqiqlanişi ham aytib ötilgan.
Bu kabi sanksiyalar 24 noyabr kuni turk aviatsiyasi tomonidan Suriya çegarasida Su-24 bombardimonçi samolyoti urib tuşirişi munosabati bilan joriy etilmoqda.