Buyuk Britaniyaning sobiq boş vaziri Toni Bler Qozoğiston hukumatining xususiylaştiriş böyiça maslahatçisiga aylanişi mumkin. Bu haqda 28 dekabr kuni mamlakat milliy iqtisodiyot vaziri Yerbölat Dösayev ma'lumot berdi.
“Bugun biz xususiylaştiriş sohasida katta tajribaga ega xalqaro kompaniyalarni işga jalb qiliş ğoyasini ilgari surmoqdamiz, - ma'lum qildi u. – Hozirça şort-listga bir neçta kompaniya kirdi: bu, birinçi navbatda, “Makkenzi”, “Boston konsalting grupp”dan ham takliflar bor; bu işda xalqaro moliyaviy institutlar iştirok etadi, birinçi navbatda Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Jahon bankining bölinmasi, qiziqiş bildirmoqda. Şuningdek, Toni Blerga tegişli bir qança kompaniyalar işga jalb qilinsa kerak”.






