Turkmaniston Kaspiyböyi gaz quvuri loyihasini qaytadan boşlaş uçun Rossiya va Qozoğiston bilan hamkorlik qilişga tayyor. Bu haqda “Vesti Ekonomiki” naşri xabar bermoqda.
Turkmanistonning “Şarq-Ğarb” gaz quvurini işga tuşiriş marosimi çoğida prezident Gurbanguli Berdimuhamedov uşbu loyiha “Strategik ahamiyatga molik Kaspiy mintaqasida Turkmaniston energiya resurslarining xalqaro bozorlarga kamida tört yönalişda, aynan şimol, ğarb, janub va şarq tomonlarga çiqariş imkoniyatlarini yaratib beradi”, deb ta'kidladi.
Şimoliy yönalişdagi hamkorlik Rossiya hamda Qozoğiston bilan Kaspiyböyi gaz quvurini quriş loyihasini nazarda tutadi. Bu boradagi hukumatlararo kelişuv 2007 yilda uç davlat rahbarlari tomonidan imzolangan edi.






